Andijon viloyatida er-xotin 13 yoshli qo‘shni qizga nisbatan shahvoniy shilqimlikda ayblanib, sud tomonidan 5 sutka qamoq va jarima jazosiga tortildi. Erkak o‘smirga pul taklif qilib, jinsiy aloqa qilmoqchi bo‘lgan, uning oldiga qizni xotini olib kelgan.
Qashqadaryoda yigit voyaga yetmagan qizni yechinishga majburlab, jinsiy tegajog‘lik qilgani va kaltaklagani videosi tarqaldi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olinib, yigit va jarayonni videoga olgan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi.
Farg‘ona shahrida 11 yoshli qizning murdasi zo‘rlash alomatlari bilan topilgandi. Sud ish bo‘yicha uch nafar gumonlanuvchiga nisbatan hukm chiqardi. Ularning ikkisi 13 va 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Biriga nisbatan esa 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Bosh prokuratura va Oliy sud mas’ullari Xorazmdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqa qilgan 2 sobiq amaldorga chiqarilgan hukm to‘g‘ri malakalanganini ta’kidladi. Protsessual harakatlarda nomusga tegish holati topilmadi, dedi bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova.
Qibrayda 2019-yilda 13 yoshli qiz 27 yoshli qo‘shnisi tomonidan zo‘rlangani haqida xabar berilgan edi. Sud jinoyatchiga nisbatan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Ellikqal’a tumanida 13 yoshli qizni qo‘shni erkak zo‘rlagani aytilmoqda. Gumonlanuvchi ushlandi, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 1961 yilda tug‘ilgan ayolning nomusiga tegganlikda gumonlangan va qidiruvga berilgan shaxs Jizzax viloyatida ushlandi. Qo‘lga olish jarayonida u Aydar-Arnasoy ko‘li ortidagi chekka hududlardan biriga yashiringani aniqlandi.
Qashqadaryolik qiz Toshkentda profilaktika inspektori tomonidan zo‘rlangani va undan homilador bo‘lib qolganini ma’lum qildi. IIO xodimi ularning muloqoti o‘zaro kelishuv asosida bo‘lganini ta’kidlab, tergovga dalil sifatida video taqdim etdi. U qizning homilador bo‘lishiga aloqasi yo‘qligini ham aytgan.
Termizda maktab o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan qizning nomusiga tegish holati Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi. Senator Farhod Boqiyev shahar IIO FMB jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etgani va bir yildan ziyodroq vaqt mobaynida gumondorga chora ko‘rilmaganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting